


2022-yil 7-iyundagi “Reklama to‘g‘risida”gi O‘RQ-776-sonli qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan Shovot tumanining markaziy ko‘chalarida joylashgan tadbirkorlik obyektlarining tashqi reklamalari o‘rganildi.O‘rganish davomida ayrim tashqi yozuv, reklama va peshlavhalardagi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf qilish yuzasidan tadbirkorlarga zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, ma’nan eskirgan tashqi yozuvlar joyida bartaraf qilindi.