

Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish yuzasidan tuman va shahar ishchi guruh a'zolariga oʻquv amaliy seminar oʻtkazildi.Xorazm viloyati hokimligi "Tashqi reklamani muvofiqlashtirish" boʻlinmasi hamda "Raqobatni rivojlantirish va istemolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi" Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi bilan Xorazm viloyatida Oʻzbekiston Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida"gi qonun, Vazirlar mahkamasining 104-428 sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida mutahasislarga tushuntirishlar olib borildi.
Tuman va shaharlarda tuzilgan ishchi guruh a'zolariga Tashqi reklamalarni ro'yxatdan oʻtkazish boʻyicha tushuntirish olib borildi.