






Joriy yilning 30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi va “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunlari, Xorazm viloyati hokimining 2025-yil 3-martdagi 01-09/2122-sonli xati, xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 26-martdagi VII-7-50-12-0-K/25 sonli qarori hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan viloyat hokimligi Tashqi reklamalarni muvofiqlashtirish bo‘limi mas’ul xodimi I.Matchanov, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi xodimi A.Mavlonov hamda Yangiariq tumani hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh vakillari tomonidan tumanning Urganch mahallasi Urganch ko‘chasidagi tashqi yozuv va reklama vositalarini o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida qonun hujjatlariga zid ravishda o‘rnatilgan reklama va tashqi yozuvlar ishchi guruh tomonidan bartaraf qilindi hamda mas’ul tadbirkorlik subyektlariga ogohlantirish berildi. O‘rganish ishlari davom etmoqda.