



✅Viloyat hokimligi hamda Qo‘shko‘pir tumani hokimligi ishchi guruhi Taraqqiyot va Madaniyat mahallalaridagi reklama va peshlavhalarning davlat tilida yozilishi hamda qonunchilik talablari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
🎲 O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarning ayrimlari bartaraf qilingan bo‘lsa, qolganlarini tuzatish yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirish o‘tkazilib, ogohlantirish xatlari berildi va muddat belgilandi.
🔴 Hurmatli tadbirkorlar!
Mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib qilishda “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Ushbu qonunlarga amal qilmaslik ma’muriy va moddiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.